Язык:
☰ Menyu

O'zbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligi huzuridagi
Tergov departamenti

Har doim
aloqada 1102

Oliy Majlis Senatida Indoneziya Xalq maslahatlashuv kongressi delegatsiyasi bilan uchrashuv

Joriy yilning 24 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshevning Indoneziya Xalq maslahatlashuv kongressi raisi o‘rinbosari Hidoyat Nur Vohid boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Indoneziya parlamentlararo hamkorligini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.

Mehmonlar 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini tatbiq etish doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar bilan tanishtirildi. Indoneziya parlamenti a’zolari davlat qurilishini takomillashtirish, shu jumladan demokratik islohotlarni amalga oshirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, so‘z erkinligini mustahkamlash va inson huquqlarini himoya qilishda parlament rolini yanada kuchaytirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida xabardor qilindi.

Qayd etilganidek, joriy yilning o‘zida Indoneziya parlamenti Xalq vakillari kengashi, Hududlar vakillari kengashi, shuningdek Indoneziya Xalq maslahatlashuv kongressi delegatsiyalari O‘zbekistonda bo‘ldi, bu esa qonun ijodkorligi faoliyatini o‘rganish va tajriba almashish bo‘yicha ikki mamlakat parlamentlararo hamkorligi rivojlanib borayotganligidan darak beradi. Xalqaro tuzilmalar doirasida o‘zaro hamkorlik muhimligi ham ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar parlamentlararo hamkorlikni hamda xalqaro parlament tuzilmalari doirasidagi o‘zaro aloqalarni yanada kuchaytirish yuzasidan birgalikda olib borilayotgan ishlarni davom ettirish haqida kelishib oldilar.

Powered by GSpeech