Язык:
☰ Menyu

O'zbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligi huzuridagi
Tergov departamenti

Har doim
aloqada 1102

Bo'sh ish o'rinlari

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti hududiy ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalariga ishga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti hududiy ichki ishlar organlariga mavjud bo‘sh lavozimlarni xizmatga munosib malakali kadrlar bilan jamlash maqsadida tergov bo‘linmalarida ishlash istagida bo‘lgan, erkaklar bo‘yi 165 sm., ayollar 160 sm.dan kichik bo‘lmagan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan yoxud oliy o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan (erkaklar uchun), o‘n sakkizdan kichik va o‘ttizdan katta bo‘lmagan, shu jumladan o‘ttiz yoshdagi ham, oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ishga taklif etadi.

Shuningdek, ichki ishlar organlarining boshqa sohaviy xizmatlarda xizmat qilib kelayotgan, oliy yuridik ma’lumotli, tergov sohasida ishlash ishtiyoqi bo‘lgan xodimlarni tergov bo‘linmalarida xizmatni davom ettirishga taklif etadi.

Eslatma: Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB huzuridagi tergov bo‘linmalarida ishlash uchun boshqa viloyatda istiqomat qiluvchi xodimlar va fuqarolardan doimiy ro‘yxatga qo‘yilishi talab etilmaydi.

Tergov bo‘linmalariga ishga kirish yoki xizmatni davom ettirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti kadrlar bo‘linmasiga 71-252-70-05, 71-252-26-57 telefon raqamlari yoki “tergov.uz” saytiga murojaat qilishingiz mumkin.

Powered by GSpeech