O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ustozlar kasb bayrami bilan qutlandi

“25 oktabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” bayrami munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyati tomonidan tergov sohasida uzoq yillar samarali xizmat qilib, bugungi kunda nafaqada bo‘lgan faxriylar holidan xabar olinib, ularga Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik R.A.Ashropovning bayram tabriknomasi topshirilib, hurmat- ehtirom ko‘rsatildi.

Uchrashuvda, faxriylarning tergov xizmatida uzoq yillar faoliyat ko‘rsatib, el-yurt osoyishtaligini taʼminlashda va jinoyatchilikka qarshi kurashishda munosib hissa qo‘shganligi, ibratli hayot yo‘li va boy amaliy tajribalari yosh tergovchilarga o‘rnak bo‘lib kelayotganligi mamnuniyat bilan tilga olindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov Departamenti

Text to speech