Bozordagi kisavur qo‘lga tushdi
Namangan viloyati. Namangan tumani IIBga 29 yoshli T.Sh. ariza bilan murojaat qilib, 2021-yil 28-noyabr kuni soat 09:30 larda “Katta Toshbuloq” MFYda joylashgan dehqon bozoriga kelib, shu yerda savdo qilayotgan vaqtida nomaʼlum shaxs u eʼtiborsiz qolganligidan foydalanib, uning rastasida turgan qop xaltani ichidagi 1 dona narxi 3 000 000 so‘mlik “Samsung A21” rusumli telefon apparati, avtomashina pulti va 2 500 000 so‘m naqd pullarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, buyumlarini topishda amaliy yordam so‘ragan.
Bundan tashqari, shu kuni 33 yoshli Sh.F. xam Namangan tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda joriy yilning 28 noyabr kuni soat 10:00 larda ushbu bozorga kelib, shu yerda bozorlik qilib yurgan vaqtida nomaʼlum shaxs qo‘l sumkasidan 1 dona narxi 1 870 000 so‘mlik “Infinix HOT LITE” rusumli telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, telefon apparatini topishda amaliy yordam so‘ragan.
Fuqarolar Sh.F. va T.Sh.larning arizalari yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida har ikki o‘g‘irlik Uychi tumanida yashovchi 45 yoshli N.A. tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, undan 1 dona “Samsung A21” rusumli telefon apparati va 1 500 000 so‘m pullar tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan N.A., ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti