Departamentning asosiy vazifalari
– jinoyatlarni tergov qilish amaliyotini kompleks va tizimli tahlil qilish, shu jumladan jinoyatlarning sodir etilishi sabablari va bunga imkon yaratadigan shart-sharoitlarni aniqlash, shuningdek ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
– ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish, jinoyatlarni o‘z vaqtida fosh etish, har tomonlama, to‘la va xolisona tergov qilinishini, surishtiruv va dastlabki tergovni yuritishda qonuniylikka so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, shuningdek tergov bo‘linmalarining kadrlar tarkibini shakllantirish va xodimlarning malakasini oshirishni tashkil etish;
– ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalariga surishtiruv va dastlabki tergovni yuritishda uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish, shuningdek o‘ta murakkab, viloyatlararo xususiyatga ega, respublikada shov-shuvga sabab bo‘lgan, shu jumladan uyushgan jinoiy guruhlar va uyushmalar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni bevosita tergov qilish;
– qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyotini hamda surishtiruv va dastlabki tergovni tashkil etishning shakl hamda uslublarini yanada takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish va amalga oshirish.
Departamentning asosiy funksiyalari
a) jinoyatlarni tergov qilish amaliyotini kompleks va tizimli tahlil qilish, shu jumladan jinoyatlarning sodir etilishi sabablari va bunga imkon yaratadigan shart-sharoitlarni aniqlash, shuningdek ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish sohasida;
jinoyat ishlarini tergov qilish amaliyotini, ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalarida surishtiruv va dastlabki tergovning asosiy ko‘rsatkichlarini umumlashtirish, tahlil qilish, baholash;
jinoyatlarning sodir etilishi sabablari va bunga imkon yaratadigan shart-sharoitlarni aniqlash, umumlashtirish va tahlil qilish, shuningdek ularni bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalarida boshqaruv amaliyotini o‘rganish, ularning faoliyatidagi dolzarb muammolarni va ularni hal etish yo‘llarini aniqlash;
O‘zbekiston Respublikasi IIV faoliyatini joriy va istiqbolli rejalashtirishda, ichki ishlar organlari tergov bo‘linmalari rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari konsepsiyalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
tergov bo‘linmalari faoliyatining ahvoli to‘g‘risida, jinoyatlarni tergov qilishning muammoli masalalari yuzasidan axborot-tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash va tegishli takliflarni O‘zbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga kiritish;
ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari vakolatiga kiruvchi masalalari yuzasidan hisobga olish, ma’lumotlar bazasi, axborot tizimlarini shakllantirish va yuritishni tashkil etish va amalga oshirish;
ijobiy xorijiy va milliy ish tajribasini, surishtiruv va dastlabki tergovning zamonaviy vositalari, shakllari, usullari va taktik uslublarini o‘rganish va amaliy faoliyatga joriy etish;
huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha profilaktik tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish, shu jumladan ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni amalga oshirish;
b) ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish, jinoyatlarni o‘z vaqtida fosh etish, har tomonlama, to‘la va xolisona tergov qilinishini, surishtiruv va dastlabki tergovni yuritishda qonuniylikka so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, shuningdek tergov bo‘linmalarining kadrlar tarkibini shakllantirish va xodimlarning malakasini oshirishni tashkil etish sohasida;
jinoyatlarni har tomonlama, to‘la va xolisona tergov qilinishini, jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv va dastlabki tergovni yuritishda qonuniylikka so‘zsiz rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni kompleks rejalashtirishni tashkil etish va amalga oshirish;
ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari faoliyatini tekshirishni o‘tkazish, surishtiruv va dastlabki tergovni tashkil etishda aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish va mazkur choralarning amalga oshirilishini nazorat qilish;
ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari faoliyati ustidan protsessual va idoraviy nazoratni amalga oshirish;
ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalarida hisobga olish-qayd etish intizomiga rioya etilishini ta’minlash;
jinoyatlar haqidagi arizalar va xabarlarni ko‘rib chiqishda qonuniylikka rioya etilishi bo‘yicha ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari faoliyatini o‘rganishni tashkil etish va amalga oshirish;
ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari tomonidan dastlabki tergovni to‘xtatish, jinoyat ishlarini tugatishning asosliligini o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar ishlab chiqish va ularning bartaraf etilishini nazorat qilish;
jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxslarga o‘z vaqtida qidiruv e’lon qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
hududiy ichki ishlar organlarida to‘xtatilgan jinoyat ishlari va ashyoviy dalillarning saqlanishini, shuningdek ularning hisobi to‘g‘ri yuritilayotganini nazorat qilish;
surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirishda ichki ishlar organlarining boshqa bo‘linmalari, davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni tashkil etish va ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijiy davlatlarning vakolatli organlaridan kelib tushgan jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish haqidagi so‘rovlari ijrosini tashkil etish, shuningdek xuddi shunday so‘rovlarni xorijiy davlatlarning vakolatli organlariga yuborish;
xorijiy davlatlarning vakolatli organlariga jinoiy ta’qibni amalga oshirish maqsadida jinoyat ishlarini o‘rnatilgan tartibda yuborish, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari tomonidan yuborilgan jinoyat ishlarining tergov qilinishini ta’minlash;
jinoyat-protsessual qonunchiligining O‘zbekiston Respublikasining jinoiy sud ishlarini yuritish sohasidagi xalqaro hamkorlik masalalariga oid qismi talablari ijrosini ta’minlash;
jinoyatlarni tergov qilishda axborot-tahlil, kriminalistika va tezkor-ma’lumotlar tizimidan samarali foydalanishni ta’minlash;
quyi bo‘g‘inlar faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini ta’minlash, ma’lumotlar bazasini shakllantirish, tergov harakatlarini amalga oshirish, dalillarni to‘plash maqsadida ichki ishlar organlari tergov bo‘linmalarining amaliyotiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalarida ishlashga kasbiy tayyorgarligi, axloqiy-psixologik, irodali va ma’naviy fazilatlarga ega bo‘lgan kadrlarni tanlab olishni tashkil etish va amalga oshirish;
ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylik buzilishi holatlarining oldini olish borasida ishlarni tashkil etish va amalga oshirish, ularga nisbatan xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish, tekshiruv natijalari bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish;
ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish, xodimlar kasbiy tayyorgarligining yuqori darajasini ta’minlash uchun o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari va usullaridan keng foydalanish;
v) ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalariga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish, shuningdek jinoyatlarni tergov qilishda sohasida:
ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari faoliyati ustidan tashkiliy-uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;
ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalariga jinoyatlarni fosh etish va tergov qilishda amaliy yordam ko‘rsatish, shuningdek surishtiruv va dastlabki tergovni tashkil etish bo‘yicha uslubiy va boshqa materiallarni ishlab chiqish;
o‘ta murakkab, viloyatlararo xususiyatga ega, shov-shuvga sabab bo‘lgan, shu jumladan uyushgan jinoiy guruhlar va uyushmalar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni bevosita tergov qilish;
ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalariga surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirish va tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatish, alohida toifadagi jinoyat ishlarini nazoratdagi ish yurituvini olib borish;
ichki ishlar organlari tergov bo‘linmalarining surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirish borasidagi faoliyati samaradorligini tahlil va monitoring qilish, uni yanada oshirish borasida choralar ishlab chiqish;
ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish masalalari bo‘yicha tahliliy materiallar, shuningdek surishtiruv va dastlabki tergovni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar tayyorlash;
surishtiruv va dastlabki tergovni tashkil etish masalalari bo‘yicha uslubiy va boshqa materiallarni ishlab chiqish va ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalariga tarqatish;
g) qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyotini hamda surishtiruv va dastlabki tergovni tashkil etishning shakl hamda uslublarini yanada takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida: surishtiruv va dastlabki tergov masalalariga doir normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini bevosita ishlab chiqish va ishlab chiqishda ishtirok etish;
Tergov departamenti faoliyati masalalariga doir O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, shuningdek idoralararo hujjatlar va kelishuvlar loyihalarini o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi IIV manfaatdor bo‘linmalari bilan hamkorlikda ishlab chiqishda ishtirok etish;
Tergov departamenti faoliyati masalalariga doir O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalari yuzasidan xulosalarni tayyorlash va tayyorlashda ishtirok etish.
Tergov departamenti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.