O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Fargʼonada internat tarbiyalanuvchilariga bayram tadbiri oʼtqazildi

Joriy yilning 26 dekabr kuni Fargʼona viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyati va xodimlari tomonidan Fargʼona shahrida joylashgan imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktab internatga tashrif buyurib, “Yangi yil” bayrami munosabati bilan tadbir tashkillashtirildi.

 

Shu kuni Tergov boshqarmasi xodimlari mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga Yangi yilning asosiy qahramonlari Qorbobo, Qorqiz ishtirokida bayram tadbiri tashkil qilindi, bayram dasturida yangragan quvnoq quy-qoʼshiqlar, topishmoq va boshqa qiziqarli oʼyinlar bolajonlarning bayramona ruhiyatini koʼtarib, har bir tarbiyalanuvchiga berilgan bayram sovgʼasi esa ularga Yangi yil kayfiyati va quvonchini taqdim qildi.

 Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech