O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Toshkent viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlarining bolalar uyiga tashrifi.

Joriy yilning 30 dekabr kuni Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov hamda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalari masʼul xodimlari birgalikda Yangiyoʼl shahrida joylashgan “Kichkintoy” nomli bolalar uyiga tashrif buyurib, “Yangi yil” bayrami munosabati bilan tadbir tashkillashtirishdi.

Shu kuni Tergov boshqarmasi xodimlari tomonidan tashqil kilingan bayram tadbirida bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga Yangi yil qahramonlari Qorbobo, Qorqiz ishtirokida koʼngilochar dasturlar qoʼyilib, quvnoq quy-qoʼshiqlar ohangida Qorbobo bolalarga yangi yil sovgʼalarini topshirdi.

Tarbiyalanuvchilarga berilgan sovgʼalar esa bayramona ruhiyatni koʼtarib, tashkil qilingan bayram tadbiri ularga yangi yil kayfiyati va quvonchini taqdim qildi.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech