O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Eng yaxshi tergovchi” ko‘rik-tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichi o‘tkazildi

Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning maʼnaviy-maʼrifiy bilimi, xizmat tajribasi va bilimini oshirib borish, Vatan oldidagi burchini ado etishda xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish xislatlarini oshirish bugungi kun talabi. Jumladan, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlari va shahar-tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlarning xizmat davomida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar hamda jinoyatlarga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini rag‘batlantirish, qo‘lga kiritilgan ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va o‘zaro tajriba almashishini yo‘lga qo‘yish maqsadida “Eng yaxshi tergovchi”  ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov jarayonida ishtirokchilardan jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha to‘sinda tortinish, 100 metrga yugurish va 1000 metrga yugurish sinovlari, jangovar tayyorgarlik bo‘yicha yakka kurash va o‘zini-o‘zi himoyalash mashqlari, makarov pistoletini to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ish, makarov pistoletidan o‘q otish sinovlari qabul qilindi. Shundan so‘ng ishtirokchilarning IQ darajasini aniqlashga qaratilgan psixologik hamda bilim darajasini aniqlashga qaratilgan sohaga oid testlar olindi.

Tanlov yakunida ishtirokchilar bilan Tergov boshqarmasi rahbariyati tomonidan suhbat o‘tkazilib, ularining sohaga oid bilimlari yana bir marotaba tekshirildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra 3-o‘rinni viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi katta leytenant Rajabov Otabek Iskandar o‘g‘li, 2-o‘rinni Denov tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tergovchisi katta leytenant Mardonov Shoxrux Olimjon o‘g‘li hamda 1-o‘rinni Tergov boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi kapitan Qurbonov Javoxir Odil o‘g‘lilar egallashdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech