O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘zbekiston delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib qaytdi

Joriy yilning 6-10 oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlaridan iborat delegatsiya Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib qaytdi.

Joriy yilning 6-10 oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlaridan iborat delegatsiya Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib qaytdi.

Tashrif davomida Abu-Dabi Sud departamenti raisining o‘rinbosari Yusuf Al-abri, Abu-Dabi bosh prokurori Ali Muhammad Al-Balushi, BAA Federal Adliya vazirligining Хalqaro hamkorlik departamenti direktori Abdul Rahmon Al-Balushi, Abu-Dabi bosh prokurori o‘rinbosari Hasan Al-Hamadi va Abu-Dabi Sud departamenti Xalqaro hamkorlik va jamoatchilik bilan aloqalar byurosi direktori Salah Al-Junaibi bilan O‘zbekistonda jinoyat sodir etgani uchun qidirilayotgan va Birlashgan Arab Amirliklarida yashayotgan shaxslarni topshirish hamda ekstraditsiya qilish masalalari yuzasidan uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuvlar chog‘ida ilgari O'zbekiston Respublikasi tergov organlarining so'rovlari yuborilgan shaxslarni topshirishga to'sqinlik qiluvchi jihatlarni aniqlash, BAA Adliya vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqa o'rnatish, so'rovlar, iltimosnomalar va ularga ilova qilingan hujjatlar tomonlarning rasmiy tillari bilan birga ingliz tilida tuzilishi yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.

O‘tkazilgan uchrashuvda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sattarov Mansur Abdugafurovich O‘zbekistonda jinoyat sodir etgani uchun qidirilayotgan va Birlashgan Arab Amirliklarida yashayotgan shaxslarni topshirish hamda ekstraditsiya qilish borasida ikki tomonlama shartnomalarni amalga oshirish bo’yicha o’z fikr va mulohazalarini bildirdi.

Tashrif jarayonida Birlashgan Arab Amirliklari vakillari O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi hamkorlik va strategik sheriklik izchil rivojlanib borayotganligini mamnuniyat bilan qayd etishdi.

Tashrif so‘ngida jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va izchil davom ettirish masalasida kelishib olindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech