O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ilg‘or xalqaro tajriba o‘rganildi

Joriy yilning 12-16 noyabr kunlari Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalar Koordinatori tashabbusi bilan «Guvoh, jabrlanuvchi va gumon qilinuvchilar bilan tergov olib borishning zamonaviy usullari va texnologiyalari» mavzusida o‘quv kurslari tashkil etildi.

 

Joriy yilning 12-16 noyabr kunlari Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalar Koordinatori tashabbusi bilan «Guvoh, jabrlanuvchi va gumon qilinuvchilar bilan tergov olib borishning zamonaviy usullari va texnologiyalari» mavzusida o‘quv kurslari tashkil etildi.

Poytaxtimizdagi «Miran» mehmonxonasida tashkil qilingan ushbu o‘quv kurslarida IIV huzuridagi Tergov departamenti, Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda Toshkent viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasining bir guruh surishtiruvchi va tergovchilari ishtirok etdi. Unda Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalar Koordinatorining katta maslahatchisi YUrgen Beyker qatnashdi. 

Mashg‘ulotlar xalqaro ekspertlar, Buyuk Britaniya va SHimoliy Irlandiya birlashgan qirolligida politsiya tergov bo‘linmalarida ko‘p yil xizmat qilgan Bernard Gravett, Kolin Karsvel va Nikol Meykoklar tomonidan o‘tkazildi. Ular Buyuk Britaniya qonunchiligi va politsiya tizimi, xalqaro tajribalar yuzasidan ham nazariy, ham amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

O‘quv kurslari yakuniga ko‘ra tergovchi va surishtiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan holatlar bo‘yicha xalqaro amaliyotda qanday usullar qo‘llanishi yuzasidan savollariga javob oldilar. Mazkur o‘quv kurslari kelgusida tergovchi va surishtiruvchilar tomonidan amaliyotda xalqaro tajribaning ijobiy tomonlarini joriy etish bo‘yicha takliflar kiritishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi.

Text to speech