O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Raqamli ekspertizalar o‘tkazish sohasida tajriba almashildi

2018 yil 25 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markaziga ushbu markaz va uning hududiy bo‘linmalari hamda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining professor-o‘qituvchilarining raqamli ekspertizalar o‘tkazish sohasidagi nazariy va amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida, Koreya Respublikasi Bosh prokuraturasi Raqamli ekspertizalar Milliy markazi xodimlaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida raqamli ekspertizalar bo‘yicha o‘quv treningi o‘tkazilib, o‘zaro tajriba almashildi.

Delegatsiya tashrifi davomida Koreya Respublikasi Xalqaro hamkorlik Agentligi (KOICA) ko‘magida Ekspert-kriminalistika bosh markaziga raqamli tadqiqot va ekspertizalar o‘tkazish imkoniyati va salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi zamonaviy texnik vositalar, dasturiy ta’minot va adabiyotlar taqdim etildi.

Koreya Respublikasi delegatsiyasining tashrifi 8 dekabrga qadar davom etadi va bu jarayon O‘zbekiston Respublikasida raqamli ekspertizalar o‘tkazishni rivojlantirish hamda ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Text to speech