Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi vazirligi vakillari Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bo'linmalari faoliyati bilan tanishdilar
Poytaxtimizda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi vazirligi vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Poytaxtimizda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi vazirligi vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari, polkovnik Daniyar Tashxodjayev Xitoy delegatsiyasi a'zolarini bosh boshqarma tizimi va faoliyati tanishtirdi hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil so’zlab berdi.
“Xavfsiz poytaxt” konsepsiyasi va uch smenali kun-u-tun xizmatning joriy qilinganligi mehmonlarda katta qiziqish uyg’otdi.
Suhbat chog'ida Xitoy Xalq Respublikasi O'zbekistonning muhim strategik sheriklaridan biri bo'lib, ko’pgina sohalarda amaliy hamkorlik o'rnatilganligi ta’kidlab o’tildi. Shuningdek, har ikki davlatning huquqni muhofaza qiluvchi organlari o'rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Xitoy delegatsiyasi rahbari Chen Xouchin Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi faoliyatini ijobiy baholadi.
Suhbat davomida, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko’rsatish markazi boshlig’i, podpolkovnik Nilufar Muinova markazda bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida so'zlab berdi.
Xitoy delegatsiyasi a’zolari Markaz faoliyati bilan tanishganlaridan so’ng, Olmazor tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 2-sonli ichki ishlar bo’limiga tashrif buyurib, bo’lim faoliyati bilan yaqindan tanishishdi va bu jarayon delegatsiya a’zolarida katta qiziqish uyg’otdi.