Budapeshtda xalqaro malaka oshirish: tergov amaliyoti zamonaviy yondashuvlar bilan boyitilmoqda
AQSH hamda O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik doirasida joriy yilning 16–20 fevral kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida xalqaro o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti, IIV Akademiyasi magistratura fakulteti, Bosh prokuratura hamda Davlat xavfsizlik xizmati masʼul xodimlari ishtirok etdi.
O‘quv mashg‘ulotlari “Giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha xalqaro tajriba, kriptovalyuta hamda amaliyotdagi muammolar” mavzulariga bag‘ishlandi. Mashg‘ulotlar doirasida ishtirokchilar zamonaviy tahdidlar, transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish usullari, raqamli moliyaviy vositalar bilan bog‘liq tergov amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajriba bilan tanishdilar.
Tadbir International "Law Enforcement Academy"ning Budapesht filialida tashkil etildi. Akademiya huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining kasbiy malakasini oshirishga ixtisoslashgan nufuzli xalqaro taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Hozirgi kunda akademiyaning dunyo bo‘ylab 5 ta filiali mavjud bo‘lib, ular Bangkok (Tailand), Gaborone (Botsvana), San-Salvador (Salvador), Nyu-Mexiko (Meksika) hamda Budapesht (Vengriya) shaharlarida faoliyat yuritmoqda.
Joriy o‘quv kursida O‘zbekistondan tashqari Turkmaniston, Serbiya, Chexiya va Xorvatiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari vakillaridan iborat xalqaro delegatsiya ham ishtirok etmoqda.
Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari xalqaro hamkorlikni yana-da mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish hamda giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Tergov departamenti.