O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yakkasaroyda avtomashina olib qochgan shaxs 45 daqiqa orasida ushlandi

Toshkent shahri. Yakkasaroy tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida,  2021 yilning 31 mart kuni soat 23:00 larda nomaʼlum shaxs Yakkasaroy tumani Cho‘pon ota ko‘chasi 25-uy oldida turgan 26 yoshli Davron T.,ga tegishli “Nexia” rusumli avtomashinasining eshiklari ochiqligidan hamda avtomashinaning o‘t oldirish kaliti o‘zidaligidan foydalanib, mazkur transport vositasini olib qochgan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, shu kunning o‘zida "102" ga xabar kelib tushgan vaqtdan boshlab 45 daqiqa mobaynida avtomashina Shota-Rustaveli ko‘chasida topilib, ushbu jinoyatni Yakkasaroy tumani Qushbegi mavzesida yashovchi 34 yoshli Dmitriy B., mast holatda sodir qilganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan va avtomashina texnik soz holatda jabrlanuvchiga qaytarilgan.

Hozirda Dmitriy B.,ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov davom etmoqda.

 Muallif: Yakkasaroy tumani IIO FMB TB

tahlil va nazorat bo‘linmasi katta tergovchisi

Sh.A.Mirkarimova

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech