O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Namanganda qoʼshni Qirgʼizistondan noqonuniy olib oʼtilgan giyohvandlik vositasi ushlandi

Namangan. 2020 yil 03 iyul kuni soat 23:00 da  59 yoshli S.K. Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi «M» ismli shaxs bilan jinoiy til biriktirib bojxona nazoratini chetlab, «M»ning yordamida Qirg‘iziston Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasini ajratib turuvchi, bojxona nazorati o‘rnatilmagan “Norin” daryosi orqali, daryoning Qirg‘izistondagi qirg‘og‘idan O‘zbekistondagi qirg‘og‘iga qarab, baliq tutishga mo‘ljallangan qarmoq yordamida «gashish» гиёҳвандлик vositasini олиб o‘tkazganidan so‘ng, S.K. ushbu гиёҳвандлик vositasini yashash uyi darvozaxonasiga олиб borib, yashirib qo‘ygan.

Shundan so‘ng, S.K. o‘zining tanishi 44 yoshli R.A. bilan jinoiy til biriktirib, 2020 yil 05 iyul kuni 513,53 gramm «gashish» гиёҳвандлик vositasini 3.500 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, shu kunning o‘zida S.K., ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yashash uyida 0,21 gramm “marixuana”, 13,47 gramm «gashish» va 0,74 gramm “ko‘knor somoni” гиёҳвандлик vositalarini saqlab kelganligi aniqlanib, mazkur vositalar protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish)bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari олиб borilib, S.K. va R.A., lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech