Besh yilga cho‘zilgan sabr
Samarqand viloyati. 2016 yilning mart oyidan oktyabr oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, fuqaro 46 yoshli R.Nodir Samarqand shahri “Sug‘diyona” ko‘chasida tanishi 34 yoshli X.Zafarga xamkorlikda baxmal matosi ishlab chiqarishni taklif qilib, aldov yo‘li bilan jami 200.000 AQSH dollar pullarini olib, shu kunga qadar bergan vaʼdasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan R.Nodirga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Birovga moddiy yoki umuman boshqa holatlarda ishonch bildirishdan oldin chuqur o‘ylab ko‘ring. Firibgarlik qurboniga aylanib qolishdan ogoh bo‘ling!
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti