Katta miqdordagi telefon apparatlari uchun 56.500 АQSh dollari
Namangan. Joriy yilning fevralь oyida 39 yoshli U.M., yakka tadbirkor 39 yoshli D.S., ga oʼzini uyali aloqa vositalari savdosi bilan shugʼullanuvchi savdogar sifatida tanishtirib, undan umumiy narxi 56.500 АQSh dollarlik har-xil turdagi uyali aloqa vositalarini pulini bir hafta ichida olib sharti bilan olib ketib, uyali aloqa vositalarini boshqalarga sotib yuborib, pullarni D.S., ga bermasdan oʼzining manfaatlari yoʼlida ishlatib yuborgan.
Holat yuzasidan Namangan shahri boʼyicha IIO FMB 3-sonli IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti