O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Gʼisht zavod uchun 645.000 АQSh dollari

Аndijon. 2018 yilning may oyidan 2019 yilning 07 mart kuniga qadar boʼlgan vaqt oraligʼida Xitoy Halk Respublikasi fuqarosi 49 yoshli L.J., Аndijon viloyatida yashovchi 43 yoshli J.А., ning ishonchiga kirib, Toshkent shahrida joylashgan MChJ ga tegishli boʼlgan gʼisht ishlab chiqarish korxonasini 1.000.000 АQSh dollariga sotishligini aytib, 645.000 АQSh dollarini qoʼlga kiritib, shu kunga qadar turli bahonalar qilib MChJ ga tegishli boʼlgan gʼisht ishlab chiqarish korxonasini J.M., ni nomiga rasmiylashtirmaganligi yoki qoʼlga kiritilgan pullarni qaytarib bermay shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Аndijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Hozirda jinoyat ishi boʼyicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IVV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech