Dollarni rasmiy bank muassasasida almashtirmaslik oqibatida talonchilar hujumiga uchradi
Farg‘ona. 2020 yilning 19 noyabr kuni soat 11:30 da, nomaʼlum shaxslar Qo‘qon shahar Furqat ko‘chasida fuqaro 17 yoshli Jalolidin Sh.,ga 300 AQSH dollari miqdoridagi pullarini so‘mga almashtirib berishini aytib, unga 150.000 so‘m pullarni berib, undan 300 AQSH dollarini olib, qolgan pullarni avtomashinadan olib berishini aytib, qora rangli, “Spark” rusumli avtomashinaga chiqib qochib ketishgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro 22 yoshli Shavkatjon M., va tergovga qadar tekshiruv jarayonida shaxsini aniqlash imkoni bo‘lmagan “Islom” va “Elyor” ismli shaxslar bilan oldindan til biriktirib sodir etganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro Shavkatjon M., hamda boshqa nomaʼlum shaxslarga nisbatan Qo‘qon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida, Shavkatjon M., gumon qilinuvchi tariqasida jalb etilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Shavkatjon M., ning jinoiy sheriklarini shaxsini aniqlash maqsadida, tergov-tezkor harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti