O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“ADIDAS” ichidagi “MARIXUANA”

Toshkent viloyati. 2021 yil 04 fevral kuni IIB xodimlari tomonidan giyohvandlik moddalarining aylanmasiga qarshi kurash yuzasidan olib borilgan tadbir davomida, Quyichirchiq tumani Kushek MFY.,da yashovchi 43 yoshli Dilmurod U.,ning xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilib, yordamchi xo‘jalik xonasidan  “ADIDAS” yozuvli polimer paket ichida sarg‘ish rangli o‘ziga xos o‘tkir hidli modda borligi aniqlanib, hujjatlashtirilib olingan.

Sud kimyoviy ekspertizada fuqaro Dilmurod U.,dan olingan quruq maydalangan o‘simlik “MARIXUANA” giyohvandlik moddasi bo‘lib, sof og‘irli 1 kg. 282 grammni tashkil qilishi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bo‘ka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Dilmurod U.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

 

Text to speech