O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ayolga qo‘l ko‘targani uchun yigit unga “dars” berib qo‘ydi

Toshkent viloyati. 2021 yilning 06 fevral kuni soat 21:30 larda 33 yoshli Azamat E., mast holatda Yangiyo‘l shahri Mevazor MFY., da joylashgan ko‘p qavatli uylar oldidan o‘tib ketayotgan fuqarolar 25 yoshli Shahzoda A., va Jamoliddin A.,larga hech bir sababsiz tegajonlik qilib, ularni haqorat qilib, Shahzoda A., bilan janjallashib uni bosh va yuz sohalariga qo‘li bilan urib jarohat yetkazgan. Natijada Jamoliddin A., Shahzoda A.,ni himoya qilib, Azamat E.,ning tanasining turli joylariga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazgan. 

Sud tibbiy ekspertizasining xulosasida, Shahzoda A., va Azamat E.,larda “yengil” tan jarohatlari olganliklari ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan  O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 1-qismi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech