O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

"Akamni qarzi uchun ushbu "Volga"ni oling - 16 yoshli shaxs Gaz-3102 rusumli avtomashinani olib qochdi

Farg‘ona viloyati. 2021 yil 08 dekabr kuni soat 20:35 larda Qo‘qon shahrbda yashovchi 60 yoshli R.M. Farg‘ona viloyati IIB “102” xizmatiga murojaat qilib, unda Qo‘qon shahar Sharq mavzesi 9-sonli ko‘p qavatli uyning yonida joylashgan avtoturargohdan “Gaz-3102” rusumli avtomashinasini nomaʼlum shaxs olib qochganligini maʼlum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.

Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida mazkur jinoyatni voyaga yetmagan 16 yoshli T.O. avtomashinaning eshiklarini kalit tanlash yo‘li bilan ochib, avtomashina qulfini buzib, elektr kabellarini ulash yo‘li bilan o‘t oldirib, olib qochib ketib, Buvayda tumani Yangiqo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi fuqaro P.E.,ga akasining qarzi evaziga garovga berib yuborganligi aniqlangan. Olib qochilgan “Gaz-3102” rusumli avtomashina E.P. , dan xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB huzuridagi TB tomonidan voyaga yetmagan T.O., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech