O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Mastlik jinoyatga yetakladi

2019 yil 17 yanvar kuni soat taxminan 20:30da, Qashqadaryo viloyat Yakkabog’ tumanida yashovchi fuqaro Q.F. mast holatda o’z uyi oldida bo’la turib, fuqaro X.Y. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida uning tanasini turli joylariga urib-tepib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada X.Y. kasalxonaga yotqizilib, ko’rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Q.F. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech