Mastlik jinoyatga yetakladi
2019 yil 1 yanvar kuni soat taxminan 08:30da, Toshkent viloyat Chirchiq shahrida yashovchi fuqaro V.I. o’z uyida mast holatda bo’la turib, akasi I.I. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida, uning qorin qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada I.I. kasalxonaga yotqizilgan. V.I. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti