O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Mastlik jinoyatga sabab bo’ldi

2019 yil 17 fevral kuni soat taxminan 13:30da, Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashovchi fuqaro I.Sh. o’z uyida mast holatda bo’la turib, ukasi I.U. bilan o'rtalarida  kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida, uning kurak qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada I.U. kasalxonaga yotqizilgan. I.Sh. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi  (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech