
Mastlik jinoyatga sabab bo’ldi
2019 yil 7 iyul kuni soat taxminan 23:30 da, fuqaro K.A. Toshkent viloyat Bo’stonliq tuman hududida mast holatda bo’la turib, tanishi G.I. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida, uning qorin qismiga qaychi bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada G.I. kasalxonaga yotqizilgan. K.A. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti