Mastlik jinoyatga yetakladi
2018 yil 23 noyabr kuni soat taxminan 23:30da, fuqaro T.O’. mast holatda Toshkent shahar Sergeli tuman hududida bo’la turib, fuqaro I.U. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o’zaro janjal oqibatida, uning ko’krak qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada I.U. kasalxonaga yotqizilgan. T.O’. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti