O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Mastlik jinoyatga yetakladi

2018 yil 8 oktyabr kuni soat taxminan 01:00da, fuqaro U.Sh. Toshkent viloyat Yangiyo'l shahrida joylashgan uyida tanishi I.A. bilan birga spirtli ichimlik iste'mol qilib, o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida I.A.ning qorin sohasiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati etkazgan. Natijada I.A. kasalxonaga yotqizilgan. U.Sh. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech