Mastlik jinoyatga yetakladi
2018 yil 4 noyabr kuni soat taxminan 22:20da, fuqaro B.X Surxondaryo viloyati Termiz shahri hududida mast holatda bo’la turib, tanishi A.G.ning qo’lidagi “Samsung” rusumli uyali telefonini tortib olib, hodisa joyidan yashiringan.
O‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni sodir etgan fuqaro B.X. ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik, ya’ni o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti