G‘allaoroldagi o‘g‘rining faoliyatiga chek qo‘yildi
Jizzax viloyati. 2022 yil 12 fevral kuni G‘allaorol tumani Tollisoy qishlog‘ida yashovchi 24 yoshli Q.S. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida joriy yilning 2 fevral kuni Jizzax shahridan G‘allaorol tumaniga boshqaruvida bo‘lgan “Cobalt” rusumli avtomashinsini harakatlantirib kelayotib, avtomashina orqa qismida bo‘lgan va ichida avtomashina hujjatlari va 550 000 so‘m pullari solingan qora rangli sumkasi yo‘qligini payqab qolib, ushbu sumkani o‘g‘irlagan nomaʼlum shaxsni topishda amaliy yordam berishlarini so‘ragan.
Bundan tashqari, 2022 yil 19 fevral kuni Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida yashovchi 20 yoshli E.Sh. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida joriy yilning 17 fevral kuni kechki vaqt soat 17:30 larda boshqaruvida bo‘lgan “NEXIA-2” rusumli avtomashina bilan Jizzax shahridan G‘allaorol tumaniga kelgan vaqtida, avtomashina “bardachog”ida bo‘lgan 800 000 pullarini nomaʼlum shaxs o‘g‘irlab ketganligini bilib qolib, ushbu pullarini topishda hamda nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishda amaliy yordam berishlikni so‘ragan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Baxmal tumani Chubor qishlog‘ida yashovchi 35 yoshli E.D. sodir etganligi aniqlanib, undan Q.Sh.,ga tegishli bo‘lgan haydovchilik guvohnomalari, “Cobalt” rusumli avtomashina texnik pasporti, sug‘urta polisi, gaz baloni hujjatlari va 200 000 so‘m pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan G‘allaorol tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan E.D.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlilari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti