O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Andijonda 19 yoshli tovlomachi qo‘lga olindi

Andijon viloyati. Joriy yilning 7 mart kuni Ulug‘nor tumanida yashovchi 29 yoshli J.G. tuman IIB boshlig‘ining nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2022 yil mart oyi boshlarida “Telegram”dagi “Tikuv mashinasi” nomli guruh orqali, Andijon shahrida yashovchi “Jasur” ismli yigit bilan tanishib, u bilan “Telegram” orqali bir necha kun suhbatlashib kelganligi, suhbat davomida, o‘ziga tegishli bo‘lgan maʼlumotlarni yuborganligini, “Jasur” ismli shaxs esa ushbu maʼlumotlarni telefon apparatiga saqlab olib, Ulug‘nor tumanidagi ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib, sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, undan 200 AQSH dollari pul mablag‘i talab qilib kelganligi uchun unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur ariza yuzasidan joriy yilning 07 mart kuni soat 16:30 larda IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida, Baliqchi tumani Oqqo‘rg‘on MFY da joylashgan “Humo” umumiy ovqatlanish joyi kirish eshigi yo‘lagida “Jasur” isimli yigit arizachidan sir saqlanishi lozim bo‘lgan fotosuratlarini internet ijtimoiy tarmog‘iga oshkor qilmasligi evaziga talab qilib kelayotgan 200 AQSH dollari pullarini olayotgan vaqtida, tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruvlar natijasida o‘zini “Jasur” deb tanishtirgan yigit Oltinko‘l tumani Shodlik ko‘chasida yashovchi 19 yoshli Q.O.,ligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Ulug‘nor tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Q.O. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech