O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qariyb bir kilogrammga yaqin giyohvandlik vositalari aniqlandi

Toshkent viloyati. 2021 yil 28 noyabr kuni soat 07:00 larda tuman IIB xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalarini noqonuniy aylanmasini oldini olish maqsadida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 34 yoshli O.O., ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda xonadonning yotoqxonasida bo‘lgan shkaf ichidan bir dona “Spichki” yozuvli gugurt qutisi, 3 dona gazeta varag‘i parchalariga hamda 1 dona oq qog‘oz parchasiga o‘ralib qadoqlangan “o‘ramchalar” borligi aniqlanib, ularning ichi ochib ko‘rilganda och yashil sarg‘ish rangli, o‘tkir hidli quruq holatda bo‘lgan giyohvandlik vositasiga o‘xshash vositalar mavjudligi aniqlangan.

Shuningdek, tadbir davomida fuqaro O.O.dan yashab kelayotgan xonadonida yana giyohvandlik vositalari bo‘lsa o‘z ixtiyori bilan taqdim etishi so‘ralganida, u o‘z ixtiyori bilan xonadon tomorqasida saqlab kelayotgan temir idishda bo‘lgan o‘tkir hidli, mog‘orlagan va nam holatda bo‘lgan marixuana moddasiga o‘xshash vositalarni taqdim qilib ushbu vositalar xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, tezkor tadbir davomida O.O.ning xonadonidan olingan o‘simliksimon vositalar tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasi mavjud bo‘lgan “nasha” o‘simligining quruq holatdagi maydalangan barglari, gulkosabarglari hisoblanishi va tayyorlanish usuliga ko‘ra “marixuana” deb atiladigan sof og‘irligi 1067 grammni tashkil etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Bekobod tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazishga suiqasd) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyat uchun qonunchilikda 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi belgilangan.

 

Muallif: Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tergovchisi

katta leytenant Abdumalik Avalbekov

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

 

Text to speech