Qarindoshlarimdan iltimos qilaman...
Sirdaryo viloyati. 2020-2021 yillar davomida 34-yoshli F.K. tanishi 37-yoshli S.O., ning ishonchiga kirib Sardoba tumanida joylashgan g‘isht ishlab chiqarish zavodini kadastr hujjatlarini, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi qarindoshlari orqali hal qilib berishni vaʼda qilib firibgarlik yo‘li, dastlab 3.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni, keyinchalik 5.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olib, g‘isht ishlab chiqarish zavodini uning nomiga rasmiylashtirib bermasdan, jami 8.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan F.K., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov olib borilmoqda.
Muallif: Tergov departamenti katta tergovchisi
podpolkovnik Sh.I.Xasanov
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti