O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yo’l-transport hodisasini sodir etgan maktab o’quvchisiga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi

2019 yilning 17 iyul kuni soat taxminan 19:00 da, voyaga yetmagan M.A. “Neksiya” rusumli avtomashinani Andijon viloyat, Asaka tuman hududidan o’tgan “Asaka-Namuna” yo’lida boshqarib borayotib, yo’lni kesib o’tayotgan piyoda voyaga yetmagan J.M.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. Natijada J.M. olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tuman IIB huzuridagi Tergov bo’limi tomonidan voyaga yetmagan M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan dastlabki tergov davrida voyaga yetmagan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan ayblov e’lon qilinib, “shaxsiy kafillik” ehtiyot chorasi tanlangan va dastlabki tergov ayblov xulosasini tuzish bilan tamomlanib, jinoyat ishi sud muhokamasiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Asaka tuman sudining 03.10.2019 yildagi hukmiga ko‘ra, voyaga yetmagan M.A. Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 1 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech