O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qashqadaryoda 3 nafar shaxs pnevmatik to‘pponcha, elektroshoker va chopqi bilan qurollanib bosqinchilik sodir etishdi

Qashqadaryo viloyati. 2021 yil 25 dekabr kuni soat 16:30 larda Chiroqchi tumani “Qarshi-Samarqand” avtomobil yo‘li chetida 27 yoshli U.L.,ning boshqaruvida bo‘lgan “MATIZ” rusumli avtomashinasida tanishi bilan gaplashib o‘tirganida ularning yoniga “NEXIA-2” rusumli avtomashina kelib to‘xtab, ushbu avtomashinadan uch nafar nomaʼlum shaxslar tushib kelib, “yordam kerak emasmi, sizni bir minutga mumkinmi, gapimiz bor” deb, uni o‘zlarining avtomashinasiga mindirib, so‘ng uni “pistolet”, “elektroshoker” qurilmasi va chopqi pichog‘i bilan qo‘rqitib, hayot uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, uning yonida bo‘lgan 1.820.000 so‘m, 701 AQSH dollari pullarini, bir dona narxi 2.500.000 so‘mlik “Samsung A22”, bir dona 700.000 “iPhone 5s” rusumli telefonlarini, avtomashinasiga o‘rnatilgan bir dona narxi 100 AQSH dollari bo‘lgan T99 rusumli videoregistratorini, bir dona narxi 70.000 so‘mlik 8Gb fleshkasini va ikki dona narxi 10.000 so‘mlik o‘t oldirgich (zajigalka)ni tortib olib hodisa joyidan yashirinishgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv natijasida ushbu jinoyatni 20 yoshli J.E., 21 yoshli R.O. va 24 yoshli A.S., lar sodir qilganligi aniqlanib, ulardan bir dona pnevmatik to‘pponcha (o‘qlari va gaz balonchalari bilan), bir dona elektroshoker qurilmasi, bir dona T99 rusumli videoregistrator, bir dona “Samsung A22” va bir dona “iPhone 5s” rusumli telefon apparatlari, 1.196.000 so‘m pullar, bir dona ryukzak sumka hamda bir juft qo‘lqop ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan J.E., R.O., va A.S.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “a,B” bandlari (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchilar protsessual tartibda ushlanganlar.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech