O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Neksiya” avtomashinasi egasiga qaytarildi

2019 yil 28 yanvar kuni soat taxminan 23:50 da, noma’lum shaxs Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus shahri hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro S.M.ga tegishli “Neksiya” rusumli avtomashinani olib qochgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, avtomashinani fuqaro K.B. olib qochganligi aniqlanib, ushlangan. Avtomashina beton to’siqqa urilgan holatda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.      

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech