“Neksiya” avtomashinasi egasiga qaytarildi
2019 yil 23 mart kunidan 24 mart kuniga o’tar kechasi noma’lum shaxs Jizzax viloyat Jizzax shahar hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro N.B.ga tegishli “Neksiya” rusumli avtomashinani olib qochgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, fuqaro M.N. olib qochilgan avtomashinani boshqarib ketayotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti