O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Neksiya” avtomashinasi egasiga qaytarildi

2019 yil 21 iyun kuni soat taxminan 01:00 da, noma’lum shaxslar Jizzax viloyat Jizzax shahri hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro S.U.ga tegishli “Neksiya” rusumli avtomashinani olib qochishgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro A.O. va A.N.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan. Avtomashina topilgan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “b” bandi (transport vositasini olib qochish, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo’lsa) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech