“Neksiya” avtomashinasi egasiga qaytarildi
2019 yil 10 sentyabr kuni soat taxminan 11:00 da, noma’lum shaxs Samarqand viloyat Urgut tuman hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro P.J.ga tegishli “Neksiya” rusumli avtomashinani olib qochgan.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni fuqaro U.M. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti