O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

60.000 AQSH dollariga teng avtomobil ehtiyot qismlari

Toshkent shahri. 2021 yilning 15 may kuni X.Dilnoza “102” qisqa raqamiga bergan xabariga ko‘ra, 2020 yilning taxminan may oyidan 2021 yilning 15 may kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxslar Yunusobod tumani “Yangiariq” mahallasida joylashgan xonadoni qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, kalit tanlash yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, umumiy narxi 60.000 AQSH dollari bo‘lgan Koreya davlatida ishlab chiqarilgan “Chevrolet” rusumli avtomashinalarning turli xildagi ehtiyot qismlarini o‘g‘irlab ketganliklarini maʼlum qilgan.

Tezkor qidiruv harakatlari jarayonida ushbu jinoyatni Yunusobod tumanida yashovchi talabalar 19 yoshli A.Zafarjon va 18 yoshli X.Abdulazizlar sodir etganliklari aniqlanib, ulardan bir nechta turdagi avtomashina ehtiyot qismlari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagiTergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.Zafarjon va X.Abdulazizlar protsessual tartibda ushlanganlar.

Tergov harakatlari davomida jinoyatning kelib chiqish sabablari to‘liq o‘rganilib, huquqiy baho beriladi.

Hozirda tergov davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech