Ayanchli yo’l-transport hodisasi
2019 yilning 24 avgust kuni soat taxminan 11:30 da, fuqaro Q.Q. ishonchnoma orqali boshqaruvida bo‘lgan “GAZ-3307” rusumli 60 P 930 FA davlat raqam belgili yukmashinasida Andijon viloyati Oltinko‘l tumani “O‘rta” MFY hududidan o‘tgan “Andijon-Namangan” yo‘lida harakatlanib ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipedchi D.Y.ni urib yuborgan. Natijada fuqaro D.Y. olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo’linmasi tomonidan Q.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan dastlabki tergov davrida Q.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan ayblov e’lon qilinib, “garov” ehtiyot chorasi tanlangan va dastlabki tergov ayblov xulosasini tuzish bilan tamomlanib, jinoyat ishi sud muhokamasiga yuborilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltinko‘l tumani sudining 14.10.2019 yildagi hukmiga ko‘ra, fuqaro Q.Q. Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti