O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Bir guruh fuqarolar Tergov departamentining ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishi yuzasidan bildirgan murojaatlariga RASMIY MUNOSABAT

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan fuqarolar I.Siddikov va A.Abdugaffarovlar Rossiya Federatsiyasi fuqarolari bilan til biriktirib, vakolatlari bo‘lmasa-da, fuqaro A.Ro‘zmatzodaga Rossiya Federatsiyasida faoliyat ko‘rsatuvchi “Lukoyl” kompaniyasining dilerligini olib berishni vaʼda qilishib, A.Ro‘zimatzodaga tegishli bo‘lgan “Vodiy Grand OptimaMCHJ balansida bo‘lgan juda ko‘p miqdordagi mol-mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi (juda ko‘p miqdorda sodir etilgan firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda I.Sidikov, A.Abdugafarovlar jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, ularga nisbatan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ayb eʼlon qilingan va "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech