O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Sotish maqsadi keyin paydo bo‘ldi

Toshkent shahar. 2023 yil 21 iyul kuni soat 22:00da Chilonzor tumani IIO FMB Navbatchilik qismining “102” qisqa raqamiga 25 yoshli Yu.Z. murojaat etib, unda Chilonzor tumani Beshyog‘och mahallasida joylashgan “Magic City” sayilgohi oldidagi avtoturargohdan nomaʼlum shaxs, uning “Lacetti” rusumli avtoulovni olib qochib ketganligini maʼlum qilib, avtomashinasini topishda hamda ushbu nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu avtomashinani qidirib topish maqsadida, shahar miqyosida tezkor tadbir eʼlon qilinib, uning natijasida jabrlanuvchiga tegishli avtomashina ikki nafar nomaʼlum shaxslar tomonidan Uchtepa tumani Fozil tepa va Farhod ko‘chalari kesishmasida harakatlantirayotgan vaqtida to‘xtatilib, ulardan ushbu transport vositasi tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan. Haydovchi va yo‘lovchining shaxsiga aniqlik kiritganda, ular Buxoro viloyatida yashovchi vaqtincha ishsiz 18 yoshli B.Sh. hamda Farg‘ona viloyatida yashovchi voyaga yetmagan 8-sinf o‘quvchisi 15 yoshli R.A. ekanligi aniqlangan.

Gumonlanuvchilardan, nima sababdan ushbu jinoyatga qo‘l urganliklari so‘ralganida, ular mazkur avtomashina ochiq xolda qoldirib ketilganligini ko‘rishib, oldin uni shunchaki sayir qilish uchun olib qochganliklarini, so‘ngra esa mazkur avtomashina taxminan qancha turishini uylab qolishib, ularda uni sotish rejasi paydo bo‘lganligini va o‘ni sotish maqsadi paydo bo‘lganligini bayon etishgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan B.Sh. va R.A.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida bir guruh shaxslar tomonidan olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llanilgan.

Tergov davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlik uchun Jinoyat kodeksida 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazo qo‘llanilishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech