O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Toshkent viloyatida voyaga yetmagan qiz birovning “SPARK”ni olib qochib YTHga uchradi

Toshkent viloyati. 2022 yil 16 iyul kuni soat 05:20larda 24 yoshli B.O. Toshkent viloyati IIBB “102” raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, unda 2023 yil 15 iyul kuni soat taxminan 23:30larda boshqaruvidagi “SPARK” rusumli avtomashinada Chirchiq shahar 4-kichik nohiyada joylashgan tanishini yashash xonadoniga kelganligini, avtomashinani mazkur uy oldida qoldirib, pult yordamida qulflaganligini, so‘ng tanishining xonadonida tunab qolganligini, ertasi kuni, soat 05:00larda uy tashqarisiga chiqqan vaqtida, uy oldida qoldirgan avtomashinani nomaʼlum shaxs olib qochib ketganligini maʼlum qilib, mazkur jinoyatni sodir etgan shaxsni topib, qonuniy chora ko‘rishni va boshqaruvidagi avtomashinani topishda amaliy yordam berishni so‘ragan.

Olib borilgan tergov-tezkor ishlar natijasida, mazkur jinoyatni Yuqorichirchiq tumanida yashovchi, voyaga yetmagan 16 yoshli M.D. (qiz) tomonidan olib qochilganligi va ushbu avtomashinada Chirchiq shahar “Oktyabr” qo‘rg‘oni tomondan harakatlanib ketayotgan vaqtida svetofor bilan tartibga solingan avtomobil yo‘lida to‘xtab turgan 44 yoshli T.M. ning boshqaruvida bo‘lgan “Sobalt” rusumli avtomashinaning orqa tomonidan urib yuborib, yo‘l transport hodisa sodir qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan voyaga yetmagan M.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Jinoyat ishi doirasida, gumon qilinuvchi qizdan nima sababdan ushbu jinoyatni sodir qilganligi so‘ralganida, u Chirchiq shahar 4-kichik nohiyada joylashgan o‘zining tanishining xonadonida vaqtinchalik yashab kelayotganligini, va shu kuni uning xonadonga b.O. kelib uxlab qolganligidan foydalanib, unga tegishli avtomashinasining pulti va kalitini olib, mazkur avtomashinada do‘konga borib kelmoqchi bo‘lganligini maʼlum qilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Taʼkidlash joizki, Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Muallif: Tergov departamenti katta tergovchisi

kapitan A. Avalbekov

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech