O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Giyohvandlikka qarshi kurash

2018 yil 3 sentyabr kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o'tkazilgan “Qoradori-2018” keng qamrovli tezkor tadbir davomida Farg'ona viloyati Marg'ilon shahrida yashovchi A.T.ning uyi ko'zdan kechirilganda, kelgusida o'tkazish maqsadini ko'zlamay, 4 kg. 412 gr. “marixuana” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlab kelganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, egallash, tashish yoki jo‘natish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech