O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Giyohvandlik vositalariga qarshi kurash

2019 yil 20 yanvar kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o'tkazilgan keng qamrovli tezkor tadbirlar davomida, Toshkent viloyat Yuqorichirchiq tumanida yashovchi fuqaro S.U.ning uyi ko'zdan kechirilganda, u o’z uyida umumiy og’irligi 8,04 grammga teng bo’lgan “marixuana” giyohvandlik vositasini kelgusida o'tkazish maqsadini ko'zlamay, qonunga xilof ravishda saqlab kelganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o’tkazish maqsadini ko’zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech