Giyohvandlik vositalariga qarshi kurash
2019 yil 8 avgust kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o'tkazilgan «Qoradori-2019» keng qamrovli tezkor tadbiri davomida, Toshkent viloyat Piskent tuman hududida fuqaro K.A. noqonuniy ashyolarni saqlaganlikda gumon qilinib to'xtatilgan vaqtda, u qo’lidagi qopda og'irligi 7 kilogramm 420 grammga teng bo’lgan «marixuana» giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlaganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o’tkazish maqsadini ko’zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti