Giyohvandlik vositalariga qarshi kurash
2018 yil 1 noyabr kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o'tkazilgan «Qoradori-2018» keng qamrovli tezkor tadbiri davomida, Andijon viloyati Paxtaobod tumani hududida fuqaro G’.D. noqonuniy ashyolarni saqlaganlikda gumon qilinib to'xtatilgan vaqtda, u yonida og'irligi 2 kilogrammga teng «marixuana» giyohvandlik vositasini o’tkazish maqsadini ko’zlamay, qonunga xilof ravishda saqlaganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o’tkazish maqsadini ko’zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti