Giyohvandlik vositalariga qarshi kurash
2019 yil 3 yanvar kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o'tkazilgan keng qamrovli tezkor tadbir davomida, Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi fuqaro Z.O.ning хonadoni ko'zdan kechirilganda, u o’z uyida og’irligi 1,52 grammga teng bo’lgan “marixuana” giyohvandlik vositasini kelgusida o'tkazish maqsadini ko'zlamay, qonunga xilof ravishda saqlab kelganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o’tkazish maqsadini ko’zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti