Giyohvandlik vositalariga qarshi kurash
2018 yil 22 sentyabr kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o'tkazilgan “Qoradori-2018” keng qamrovli tezkor tadbir davomida Farg`ona viloyat Furqat tumanida yashovchi K.Yu.ning uyi ko'zdan kechirilganda, uy tomida 1 kg. 831 gr. “ko`knori” giyohvandlik vositasini kelgusida o'tkazish maqsadini ko'zlamay qonunga xilof ravishda saqlab kelganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, egallash, tashish yoki jo‘natish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti